IJODKORLAR

Rassomlar

Art Qala Toshkent va yurtimizning iqtidorli rassom va hunarmandlarini birlashtiradi. Har bir polotnoda muallif imzosi va qalb qo'ri bor.

AN

Anvar Nazarov

Somon ustasi

Tug‘ilgan sana: 27-oktabr, 1987 Fuqaroligi: O‘zbekiston Yo‘nalishi: Amaliy va dekorativ san’at Ta’lim: 2007–2011 — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 2003–2006 — Toshkent shahridagi Respublika dizayn kolleji Ijodiy faoliyati: 2010-yildan buyon professional rassom sifatida faoliyat yuritadi. Gobelen, somon san’ati va akvarel yo‘nalishlarida ijod qiladi. Shuningdek, interyer dekoratsiyasi bo‘yicha tajribaga ega. Mukofot va diplomlari: 2011 — “Tashabbus” tanlovi, 1-o‘rin 2010 — Toshkentdagi “Yosh rassom” ko‘rgazmasi ishtirokchisi 2010 — “Nogironlar uchun art-terapiya” ijtimoiy grant loyihasi g‘olibi 2009 — “Tulip” hunarmandchilik ko‘rgazmasi ishtirokchisi 2008 — “Bozor Art” ko‘rgazmasi ishtirokchisi

Khiva | Itchan Kala
Memories of the Silk Road
Asarlarini ko'rish →
JA

Jamshid Chorshanbiyev

Moybo'yoq

O'zbekistonda yagona bo'lgan "Quindji" stilida rasm chizuvchi rassom. Uning ishlari O'zbekistonda takrorlanmas hisoblanadi

Old City
Night Caravan
Old city
Asarlarini ko'rish →
MU

Muhammadaliev Olimkhon Khaidarali oglu.

Moybo'yoq

Tug‘ilgan sana: 25-iyul, 1991 Tug‘ilgan joyi: Namangan, O‘zbekiston Mutaxassisligi: Professional rassom Yo‘nalishi: Tasviriy san’at Ta’lim: 2005–2007 — Uchqo‘rg‘on tasviriy va amaliy san’at maktab-internati 2007–2010 — Namangan san’at kolleji 2010–2014 — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Ijodiy faoliyati: Olimxon Muhammadaliev rassomlikka ilk saboqni otasi, rassom Haydarali Usmanovdan olgan. Professional ta’lim davomida tasviriy san’at bo‘yicha mahoratini rivojlantirib, turli darajadagi ko‘rgazmalarda faol ishtirok etgan. 2020-yildan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Rassomlar uyushmasi a’zosi. Hozirda erkin ijodkor sifatida faoliyat yuritadi. Yutuqlari: 2008 — “Kelajak ovozi” Respublika tanlovi, 1-o‘rin 2009 — Respublika ijodiy tanlovi, Gran-pri Asarlari: Asarlari O‘zbekiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Avstriyadagi xususiy kolleksiyalar hamda galereyalarda saqlanadi.

Tranquility
Sunny Day
Old City | Tashkent
Asarlarini ko'rish →
RO

Rozimov Rashid

Moybo'yoq

Xivalik yosh master rassom, u yosh bo'lishiga qaramasdan, ancha muncha rassomlarga dars bera oladi

Traditional Beauty
Elegance of Tradition
Essence of Pomegranate
Asarlarini ko'rish →
XO

Xolov Mas’ud

Moybo'yoq

Tug‘ilgan sana: 6-dekabr, 1984 Tug‘ilgan joyi: Shahrisabz, O‘zbekiston Yo‘nalishi: Tarixiy janr, klassik realizm Ta’lim: 1999–2003 — Respublika rassomlik kolleji 2004–2007 — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Ijodiy faoliyati: Mas’ud Xolov tarixiy janr va klassik realizm yo‘nalishida ijod qiladi. Asarlarida Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Shayboniylar kabi tarixiy shaxslar obrazlari muhim o‘rin egallaydi. Uning ijodida qadimiy jangovar liboslar hamda bo‘ri, qoplon va burgut kabi ramziy obrazlar mahorat bilan uyg‘unlashtiriladi.

Galereyada hali asarlari yo‘q.

Galereyaga qo'shiling

O'zbekistonda ijod qiluvchi rassom yoki kulolmisiz? Biz doimo yangi iste'dodlarni kashf etishdan mamnunmiz.

Portfolio yuborish →