Mirali Mahmudov

Mirali Mahmudov

Moybo'yoq ustasi

Rassom | Pedagog | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi Mirali Maxmudov 1988-yilda Jizzax viloyati Forish tumanida tavallud topgan. U tasviriy san’at sohasida tahsil olgan professional rassom va pedagog bo‘lib, rangtasvir yo‘nalishida ijod qiladi. 2011-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining bakalavriat bosqichini, 2013-yilda esa magistratura bosqichini «Mahobatli rangtasvir» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2013–2017-yillarda Chirchiq shahridagi Chaykovskiy nomidagi 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida, 2017–2018-yillarda esa Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan. 2019-yildan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universitetining «Tasviriy san’at» kafedrasida faoliyat olib boradi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi. Ijodiy faoliyati bilan bir qatorda yosh rassom-pedagoglarni tarbiyalash va tasviriy san’at rivojiga hissa qo‘shishga munosib ulush qo‘shib kelmoqda.

Asarlari

5
Kurash — Mirali Mahmudov
Abstrakt

Kurash

muallif Mirali Mahmudov

Turkman ruhi — Mirali Mahmudov
Milliy hayot

Turkman ruhi

muallif Mirali Mahmudov

Kelinchak — Mirali Mahmudov
Portret

Kelinchak

muallif Mirali Mahmudov

Quyosh tafti — Mirali Mahmudov
Portret

Quyosh tafti

muallif Mirali Mahmudov

Shahzodaning ovi — Mirali Mahmudov
Milliy hayot
Sotildi

Shahzodaning ovi

muallif Mirali Mahmudov