
Umar Rajabov
1985-yil Xorazm viloyati Xazorasp tumanida tug'ilgan. Urganch San'at litseyini, so'ng Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini (mahobatli rangtasvir, bakalavr va magistr) tamomlagan. 2014-yildan shu institut dotsenti, Badiiy akademiya ijodkorlar a'zosi. Yoshligidanoq xalqaro tanlovlarda g'olib bo'lgan: Chexiyada (86 davlat ishtirokida) oltin, Hindistonda kumush medal. 2018-yilda "Yilning yosh rassomi" nominatsiyasi g'olibi. Shaxsiy ko'rgazmalari Toshkent, Kipr, Sankt-Peterburg, Aktau va boshqa shaharlarda o'tgan. "Art Ankara", "Tbilisi Art Fair", Xitoy, Qozog'iston va Qirg'izistondagi xalqaro ko'rgazma va plenerlarda ishtirok etgan. Kipr zamonaviy san'at muzeyida 20 dan ortiq asari saqlanadi. 2023-yilda Madaniyat vazirligining "Madaniyat va san'at fidokori" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.
Asarlari
9Surxon kelinchagi
muallif Umar Rajabov
Sharq go'zali
muallif Umar Rajabov
Boy kelyapti
muallif Umar Rajabov
Buxoro
muallif Umar Rajabov
Ayol
muallif Umar Rajabov
Kelin
muallif Umar Rajabov
Xorazm go'zali
muallif Umar Rajabov
Qadimiy Xiva
muallif Umar Rajabov
Sharq gilosi gilam uzra
muallif Umar Rajabov








